Toshkentda bo’lib o’tgan O’zbekiston-Tojikiston rektorlari forumi ishtirokchilari Samarqandga tashrif buyurdi. Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari Samarqand davlat universitetida bo’ldi.

    Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Forum ishtirokchilari tashrif davomida SamDU arxeologiya, zoologiya muzeylarini ko’zdan kechirdi. Biokimyo instituti kampusida bo’lib, dars jarayonida ishtirok etdi. Oranjeriyaga sayohat qilishdi. Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya faoliyati bilan tanishdi.

    Delegatsiya a’zolari Samarqand davlat universitetida yaratilgan sharoitlarni ko’rib, universitet faoliyatiga yuqori baho berdi.

    Rustam Xolmurodov Xoʻjand davlat universiteti rektori Ayub Usmonzoda bilan tarix, arxeologiya; Tojikiston texnika universiteti rektori Qudrat Davlatzoda bilan muhandislik, IT, kimyo, iqtisod; Tojikiston agrar universiteti rektori Usmon Mahmadyorzoda bilan agrobiotexnologiya sohalari bo’yicha bir qator kelishuvlarga erishdi.

    Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universiteti mazkur forum doirasida Tojikiston Milliy universiteti, Ko’lob, Boxtar, Tojikiston davlat tijorat universiteti va Tojikiston pedagogika institutlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.