Samarqand davlat universitetining Arxeologiya muzeyi haqida nimalarni bilasiz?
Samarqand davlat universitetining Arxeologiya muzeyi 1969-yilda tashkil topgan. Uni barpo bo‘lishida universitet professori David Natanovich Levning hissasi katta.
Muzey fondida O‘zbekiston tarixi bo‘yicha ilmiy hamda badiiy qimmatga ega bo‘lgan 60 mingdan ortiq statsionar va tadqiqot ishlari natijasida topilgan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ibtidoiy madaniyatini aks ettiruvchi noyob topilmalardan iborat arxeologik topilmalar saqlanadi.
Ularning aksariyati miloddan avvalgi 80-40 mingyilliklar, antik davr va o‘rta asrlarga to‘g‘ri keladi. Kolleksiyalardagi boy numizmatik materiallar nafaqat arxeologik qazilmalar jarayonida qo‘lga kiritilgan, balki talabalar tomonidan topilganlari ham mavjud.
Shuningdek, muzeyda Afrosiyob shahar xarobasi uchun alohida joy ajratilgan.
Turli manzilgohlardan topilgan har bir buyum alohida tarixga ega. Birgina eneolit davrida suyakdan qilingan ignani olsak, igna juda mukammal tarzda suyakdan yasalgan. Hattoki ip o‘tkazadigan joylari haligacha saqlanib qolgan. Ma’lumot uchun, ignaning yoshi 4 ming yildan oshgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.