Hindiston universitetlari haftaligi

Samarqand davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Hindiston universitetlari haftaligi” doirasida “Hindiston Respublikasi kunining 73 yilligi” mavzusida madaniy tadbir tashkil qilindi. Unda universitetda faoliyat olib borayotgan hindistonlik professor-o’qituvchi va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda hindistonlik mashhur sozanda va musiqashunos Ghulam Ali va Hindiston konstitutsiyasining taniqli sharhlovchisi, Dehli universiteti Sent-Stiven kollejining siyosatshunoslik kafedrasi mudiri, doktor Sanjay Rao Ayde masofaviy tarzda qatnashdi.
Tadbir davomida hindistonlik mehmonlar Hindiston konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar haqida hikoya qildilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.