Bugun Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkori, Turkiyaning Mersin universiteti dotsenti "Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur" xalqaro simpoziumi ishtirokchisi Tuba Tombulog'luning tug'ilgan kuni. 

    Tuba Tombulog'lu Amir Temur tarixini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqot olib borgan bo'lib, ayni paytda Turkiyaning ko'zga ko'ringan temurshunos olimlaridan biridir. 
    Mazkur sana munosabati bilan Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibasini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatiga rivoj va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.