Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Istanbul universiteti professori Mehmet Yalchin Yilmaz “Erasmus+  kredit mobillik” dasturi asosida tashrif buyurdi.

    Shuningdek, Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda SamDU o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilariga “Xorijda til o’rgatish metodlari” mavzusida seminar o’tdi. Tadbirda turkiyalik professor tomonidan “Erasmus+” dasturlariga a’zo bo’lish, mavzu bo’yicha grant va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi.

   Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati.