Samarqand davlat universiteti va Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti kimyo fakultetlari hamkorligi yo‘lga qo‘yildi…

Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetiga Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti analitik kimyo kafedrasi mudiri, professor Akmaral Argimbayeva boshchiligidagi olimlar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda analitik kimyo kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy, ilmiy-uslubiy hamda o‘quv-uslubiy sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Tomonlar ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, kadrlar almashinuvi singari qator masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mehmonlar Qozoq Milliy universitetida taʼlim jarayonlarining borishi, modul-kredit tizimida bajarilayotgan ishlar yuzasidan talabalar bilan fikr almashdilar.
Maʼlumot uchun, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti QS reytingida 150 o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo universitetlari orasida yetakchilik qilib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.