Samarqand davlat universiteti talabalari uchun fransiyalik Magali Lamarte fransuz tilidan dars o’tmoqda…

Magali Lamarte Fransiyadan Samarqandga “Davlat xizmati” milliy dasturi orqali tashrif buyurgan. Ayni paytda u Samarqand davlat universitetidagi “Campus France” til markazida talabalar uchun bepul darslarni boshlab yuborgan.
O’quv mashg’ulotlari haftada ikki kun: dushanba soat 14:30 da va seshanba 13:00 da boshlanadi. Barcha qiziquvchilar darslarga ishtirok etishlari mumkin…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.