Bugun, 3-noyabr kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi.