Ali Asqarxon Qosimov, Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta ilmiy xodimi, “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” xalqaro simpozium tashkiliy qo‘mitasi a’zosi:

Anqara Yildirim Boyazid universitetining Samarqand davlat universiteti bilan hamkorligi 2020-yildan boshlangan. Ayni shu yilda Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori Ibrohim Aydinlining O‘zbekistonga birinchi safari chog‘ida O‘zbekistonning 8 universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Samarqand davlat universiteti ularning asosiysi hisoblanadi.