Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala pedagogika kollejida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov raisligida barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professional ta’lim bo‘yicha mas’ullar va OAV vakillari ishtirokida sayyor Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov ham ishtirok etdi.

    Anjumanda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi, talabalar bandligini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, oliy va professional ta’lim integratsiyasi masalalari muhokama etildi.