- Sportchilar oilasimiz. Ota-bobolarimiz kurash bilan shug‘ullangan. O‘g‘lim, Davlat yuzimni yorug‘ qildi, - deydi sportchining otasi Husniddin Bobonov. - O‘n besh yil kurash  bo‘yicha o‘qidi. Ikki marta Osiyo chempioni, “Tokio-2020” Olimpiadasi sovrindori, 2021 yilgi Jahon chempionatida kumush medal sohibi, Jahon chempioni. Men uchun bundan ortiq baxt yo‘q. Bugungi har bir bahsini hayajon ila kuzatdim. Ayniqsa, yarim finalda gruziyalik polvonga qarshi kurashishi meni ko‘proq xavotirga soldi. Sababi, “Tokio-2020” yarim finalida ikkalasi to‘qnash kelganida, gruziyalik sportchining qo‘li baland kelib, Olimpiada chempioni bo‘lgandi.  Finalda ham kuchli raqib kutib turgan edi.  Final bahslari boshlanishiga biroz vaqt qolganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashrif buyurishi barchani hayratlantirdi.  Davlatda ikki karra masʼuliyat ortganini sezdim. Chunki bu yerda faqat Vatan sharafi emas, balki Prezidentning ishonchini oqlash ham bor edi. Finaldagi raqibi italiyalik Kristian Parlatiga ikkinchi marta duch kelishi, ikkovida ham g‘alaba qozondi…

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.