Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov Yaponiyaning Sukuba universitetida O‘zbekiston- Yaponiya universitetlari rektorlarining IV forumi” da ishtirok etmoqda.

    Nufuzli anjumanda Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, Akmal Axatov Yaponiyaning bir qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bordi.

    Jumladan, Bunkio Gakuin universiteti professori Omoteno Nasuki bilan tomonlar o‘rtasida hamkorlikda tarix va agrobiotexnologiyalar sohasida bakavriat hamda magistratura yo‘nalishlarida almashinuv dasturlarini olib borish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish masalalari kelishildi.

    Vakayama universitetining rektori Itoh Chihiro va mutasaddi vakillari Nagatomo Ayoko, Nakomot Kazuye, Adachi Motohirolar bilan tomonlar o‘rtasida suniy tafakkur, fizika, kimyo yo‘nalishlarida hamkorlik qilish bo’yicha fikrlar almashildi. Shuningdek, qo‘shma laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot matreiallarni tayyorlash, magistratura va doktorantura bosqichlarida almashinuv dasturlarni amalga oshirish bo’yicha shartnomalar tuzildi.

    Sofiya universiteti prorektori Takashi Okada va xorijiy tillar fakulteti mutasaddilari Takeshi Yuasaralar bilan tomonlar o‘rtasida rus tili, tarix, arxeologiya, agrobiologiya ta’lim yo‘nalishlarida talabalar amlmashinuvi yo‘lga qo‘yish, laboratoriya tahlil natijalari, va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda dotorantlar tayyorlash masalalari kelishildi. Bundan tashqari fizika, optika yo‘nalishida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

    Soka universiteti rektori Suzuki Masashi bilan uchrashuvda tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosangeografiya va ekologiya,tarix, arxeologiya, agrobiologiya yo‘nalishlarida hamkolikda kadrlar tayyorlash o‘qituvchi va talabalar almashinuvni tashkil etish borasida muhokamalar olib borildi.

    Samarqand davlat universitetining doimiy hamkori Nagoya universiti vitse prezidenti Sugiyama Naoshi bilan uchrashuvda tomonlar o‘rtasida tarix, huquqshunoslik va fizika yo‘nalishlarida doktorantlar tayyorlashga kelishilib olindi. 

    O‘zbekiston- Yaponiya universitetlari rektorlarining IV forumi” o’z ishini davom ettirmoqda…

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi