Samarqand davlat universiteti istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Dilshod Xursanovning “Hozirgi she’riyatda xronotop: tahlil va talqin” nomli monografiyasi nashr etildi.
    Ushbu monografiya jahon adabiyotshunosligida badiiy xronotop masalasi adabiy tur va janrlar tabiatidan kelib chiqqan holda atroflicha tadqiq etilgan. Makon koordinatlari, zamonning uch o’lchovi, syujet va kompozitsiyaning ma’lum qismi sifatida, muallif poetik olamidagi metaforik tafakkurning o’rni, hayotiy vaqtning badiiy vaqtga aylanish tamoyili borasidagi fikrlar bildirilgan. Badiiy ijod qonunlariga o’ziga xos yondashuv asarning muallif-qahramon-kitobxon munosabatlari shaklidagi uch tomonlama aloqasini  hamda zamon va makon orqali obrazlar psixologik holatning yoritilishida  muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xronotop asarning poetik jihatlarini o’zida mujassam etgani bois metaforik obrazlarda namoyon bo’lgan badiyatni zamon va makon orqali tizimli asosda tadqiq etish hamda nazariy umumlashmalar chiqarish lirik asarlar miqyosida tahlil qilishga harakat qilingan.
    Monografiya adabiyotshunos olimlar, tadqiqotchilar, magistr hamda filologiya yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.