-  Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetiga o‘qishga qabul qilindim, - deydi Shahzod Murodullayev. - Bu men uchun katta baxt. Bir oy davomida o‘quv jarayonlari qanday bo‘larkan, qayerda o‘qirkanman, sharoitlari yaxshimikan, degan o‘y bilan yurdim. Mana bugun hammasi men kutgandan ham a’lo darajada. Yangi binoda o‘qishni boshladik, so‘nggi zamonaviy modellar bilan jihozlangan. Odamning havasi keladi. Bu imkoniyatlar uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Talabalikning ilk kunini yaxshi kayfiyat bilan boshladim.

    - Bolaligimdan chet tillarini o‘rganishga harakat qilaman. Kelajakda Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kiraman va ushbu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘laman deb niyat qilardim, - deydi talaba Ozoda Uchqunova. -  Niyatim xolis ekan, xorijiy filologiya yo‘nalishiga o‘qishga kirdim. O‘quv yilini, talabalikning ilk kunini xush kayfiyatda boshlab oldim.  Barcha talabalarga omad tilayman.

    - Biz Surxandaryodan keldik. Qizim Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi, - deydi talabaning onasi Xosiyat Ergasheva. - Tog’risi, farzandimga nisbatan men ko‘proq hayajondaman. Yo‘limiz uzoq bo‘lsa ham, kelib o’z ko’zim bilan ko’rmaguncha ko‘nglim tinchimasdi. Fakultet rahbariyati va tyutori bizni yaxshi qabul qildi. Fakultet hayoti bilan tanishtirdi. Havas qilsa arzigulik darajada. Ham amaliy, ham nazariy bilimlarni egallash uchun barcha sharoitlar yetarli ekan. Men bundan xursandman. Farzandim SamDU ni tanlab adashmaganiga yana bir karra amin bo‘ldim…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat Akramov olgan suratlar.