Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyida qatag‘on qurboni bo‘lgan shaxslarning farzandlari, nabiralari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv “Mahalla" xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Tadbirni Qatag‘on qurbonlari muzeyi direktori Muzaffar Muqimov kirish so‘zi bilan ochdi. Uchrashuvda qatag‘on qurbonlari avlodlaridan Nodir Azizov (Abduqodir Azizov o‘g‘li), Farhod Alizoda (Said Rizo Alizodaning o‘g‘li), Lola Akramova (Abdusalom Akramovning qizi) va boshqalar so‘zga chiqib, ota-bobolari haqidagi xotiralaridan so‘zlashdi. Bugungi kunda ularning nomi oqlangani va davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilayotganini ta’kidlashdi.

    Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan davra qatnashchilariga sovg‘a-salomlar ulashildi. So‘ngra o‘tganlar ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat Akramov olgan suratlar.