SamDU va Belarus davlat universiteti hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi…

Samarqand davlat universitetiga Belarus davlat texnologiya universiteti rektori, professor Igor Voytov tashrif buyurdi. Mehmonni SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir.
Suhbat davomida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Kimyo, informatika, iqtisod, injineriya yo‘nalishdagi magistrantlarning 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olishi bo‘yicha fikr almashildi. Qolaversa, bir semester tarmoqli akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, masofaviy o‘qitish tizimi kelishildi.
Shuningdek, ikki tomon hamkorlikda ilmiy ishlanmalar birlashmasini tashkil qilishdagi muzokaralar olib borildi. Bunda professor-o‘qituvchi va talabalarning startap loyiha, g’oya hamda ixtirolarini ishlab chiqarish, sanoat korxonalariga tatbiq qilishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolashdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati