2022-yilning 22-avgust kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Fransiya oliy ta’lim tizimida tahsil olgan bitiruvchilarning birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Tadbir ko’tarinki va yuqori kayfiyatda o’tdi.

    Fransiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez davrani kirish so’z bilan ochib, ikki mamlakat o’rtasidagi fan, ta’lim, madaniyat va iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan o’zaro hamkorlik aloqalarini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, Fransiyada o’qiyotgan o’zbek talabalarining soni yildan yilga oshib borayotganini alohida ta’kidladi.

    Xususan, Oreliya Bushez o’z nutqida Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Campus France axborot markazi haqida alohida to’xtalib, O’zbekistonning nufuzli universiteti bilan o’rnatilgan ushbu hamkorlik ta’lim tizimi uchun naqadar muhim ekanligini aytib o’tdi.

    Shuningdek, tadbirda Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti, Fransiyaninig Lill universiteti bitiruvchisi (2013-yil) Xurshid Toshpo’latov ham faol ishtirok etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.