Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

    -qisqacha biografik maʼlumotnoma;

    -  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

    -  mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

    -  ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

    -  fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

    -  ish joyidan tavsifnoma (VMQ-304, 2-ilova 4-bob 41-band).