Ikki oylik stajirovka davomida o‘simliklar va izotoplar ekologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Ushbu tadqiqotlar bo‘yicha Isroilning noyob cho‘l, adir va tog‘ ekotizimlarida ekspeditsiyalar uyushtirildi. Shuningdek, ushbu universitetning daraxtlar laboratoriyasi mudiri, professor Tamir Klein bilan birga O‘rta yer dengizi florasi bo‘yicha tajriba o‘tkazdi

    Tadqiqot davomida yulg’un o‘simliklarining (Tamarix negevensis, Tamarix nilotica, Tamarix aphylla)   namunalari yig’ilib, uning qurg’oqchilikka, tuzga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida Germaniyaning Trier universiteti Geobotanika laboratoriyasiga yuborildi.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

  Axborot xizmati xodimi.