Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan yuz dona darslik va badiiy adabiyotlar sovg’a qilindi.

    - Samarqand davlat universiteti  rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tashabbusi bilan SamDU va hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari o’rtasida kitob va darsliklar almashinuvi yo’lga qo’yilgan, - deydi Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, professor Akmal Axatov. - Sovg’a qilingan kitoblar nafaqat universitet kutubxonasini, balki ilm-marifat egalarining bilimini oshirishga xizmat qiladi. Buning uchun Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chi Jun Lin janoblariga minnatdorchilik bildiraman.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.