Samarqand davlat universitetida “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar (Food Security: Global and national Problems)” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi…

Joriy yilning 14-15 oktyabr sanasida Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetida BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FАO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Qurgʻoqchil hududlarda qishloq xoʻjaligi boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi xalqaro Markaz (ICARDA) bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar (Food Security: Global and national Problems)” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
Ilmiy amaliy anjuman axborot xati bilan quyidagi havola orqali (http://conffsgmp.samdu.uz/uzk/announcement_1 ) tanishib chiqishingiz va ishtirok etishingiz mumkin.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida oliy taʼlim muassasalarining bakalavr va magistraturada bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar uchun “Oziq-ovqat xavfsizligi boʼyicha eng yaxshi innovatsion tadqiqot ishi” tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan tanishing…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati