Samarqand davlat universitetida Qo’shrabot, Toyloq, Urgut, Paxtachi tumanlarining 249 nafar mahalla raislari uchun bir haftalik o‘quv-seminarlar boshlandi.

    Mazkur o‘quv-seminarlarga Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi vakillari trener-moderator sifatida taklif etilgan.

    Shuningdek, mashg‘ulotlar doirasida  hududlarda sektor rahbarlari bilan uchrashuv ham belgilangan.

    Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov mahalla raislari bilan uchrashuvni tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tkazdi.  Mahalla raislarining vazifa va majburiyatlari haqida alohida taʼkidlandi…

    Ushbu tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov ham ishtirok etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar