Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti san’at asarlarini qayta tiklash lazer texnologiyalari o’quv-ilmiy laboratoriyasi mudiri, professor Vadim Parfenov va universitet professor-o’qituvchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

    Samimiy muloqot davomida tarixiy obidalar, haykallar va boshqa yodgorliklarni rekonstruksiya qilish jarayonida an’anaviy usuldan ko’ra, lazerlar yordamida ularni ta’mirlash samarali va foydali ekanligi to’g’risida muhokamalar olib borildi.

    Xususan, ushbu jarayonda, obidalarda mavjud bo’lgan turli xil zararlovchi moddalarni lazer yordamida bartaraf etish mumkinligi to’g’risida atroflicha fikrlar almashildi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.