Yozgi taʼtil davrida talabalar bilimini oshirish maqsadida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetida talabalar uchun “Aggie‘s Summer Camp” yozgi maktabi tashkil etildi. Ushbu dastur doirasida talabalarning xorijiy tillarni noanʼanaviy usullarda samarali va tez fursatlarda o‘rganishlari, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ingliz tilida muloqotlar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi.  Shuningdek, agrar yo‘nalishdagi yetakchi xorijiy universitetlarning talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishtiriladi. Talabalarning bilim olishlarini yana-da jadallashtirish maqsadida universitetda faoliyat olib borayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar yozgi maktab faoliyatiga keng jalb etiladi.    

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati