O‘zbekiston aholisida qadimdan jazirama issiqda o‘zini tutish madaniyati shakllangan. Ammo yozning issiq kunlarida xatti-harakatlarning ba’zi asosiy qoidalari haqida biz sizga yana bir bor eslatib o‘tamiz.

    Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa kunning o‘rtasida. Agar bu ilojisi bo‘lmasa, tanani va boshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.

    Ko‘p suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy iching.

    Ko‘proq meva, sabzavotlarni iste’mol qiling. Juda achchiq va yog‘li ovqatlarni ite’mol qilmaslikka harakat qiling. Sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan do‘konlardan mahsulotlarni xarid qilmang - ular quyoshda qancha vaqt bo‘lganini bilmaysizku.

    Konditsionerli xonada bo‘lganingizda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq havo oqimi tagida o‘tirmang va konditsionerni 18 darajadan past bo‘lmagan haroratga “dasturlang”.

    Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.