Yoshlar festivali doirasida O‘zbekiston bo‘ylab bir vaqtning o‘zida Chirchiq, Guliston, Farg’ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida  “Yangi nafas” yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

    “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan marafonda Samarqand davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi. Mingga yaqin sportchilar ishtirok etgan musobaqada SamDU sport faoliyati va san’at fakulteti talabalari o‘g‘il bolalar o‘rtasida Odil Maqsudov hamda qizlar o‘rtasida Marjona Rahimovalar faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati