Samarqand shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markaz boshlig‘i Fozilbek Farhodov va viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda talabalarning muammo va murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat ijrosi tegishli mas’ul xodimlar ishtirokida ko‘rib chiqilib,  hal etishga yo‘naltirildi. 

    – Joriy o‘quv yilida kontrakt to‘lovini to‘lashga qiynaldim, - deydi SamDU psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti talabasi Mixail Kochnev. - Bugungi sayyor qabulda ushbu masala bilan murojaat qildim va muammo shu vaqtning o‘zida hal etildi. Universitet tomonidan kontraktimni to‘lash uchun moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Ushbu imkoniyatlarni taqdim etgan Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.