Ayni kunlarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasi himoyalari davom etmoqda.

    Bugun ham universitetimizning deyarli barcha fakultetlarida dissertatsiya himoyalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

    - “Eron va AQSh ziddiyatlari: kecha va bugun” mavzusidagi dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qildim, - deydi SamDU tarix fakulteti magistri Nurxon Siddiqova. – Hozir juda ham hayajondaman. Ikki yil davomida ilmiy tadqiqot olib borgan bo‘lsak, Samarqand davlat universiteti bizga tadqiqotimiz barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berdi. Ayniqsa, ustozlarimiz o‘z vaqtlari va maslahatlarini ayamay, bizga muntazam ravishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turdilar. Bugun esa o‘sha mehnatlarning samarasi o‘laroq, dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qildim.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.