Samarqand davlat universitetiga biriktirilgan mahalla yoshlari o’rtasida mini-futbol musobaqasi o’tkazildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida o’tkazilayotgan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi Yoshlar festivali doirasida SamDU ga biriktirilgan mahalla yoshlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o’tkazildi.
Turnir ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni “Namozgoh” mahallasi yoshlari, 2-o‘rinni “Bo‘stonsaroy” mahallasi yoshlari, 3-o‘rinni “Xo‘ja Ahrori Valiy” mahallasi yoshlari egalladi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnir g‘oliblari 24-iyun kuni o‘tkaziladigan yakuniy gala-konsertda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.