Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2022-yilning 23-25-iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkaziladi.

    Festival doirasida “Hayotimni o‘zgartirgan asar” mavzusida kitobxonlik, “Istiqbolingni zulmatga aylantirma” mavzusida videoroliklar, “Shukronalik – yuksalishga qo‘yilgan qadam!” mavzusida ijodiy, “Start-UP” va “Eko dizayn” loyihalar tanlovi,  shuningdek, SamDUga biriktirilgan mahalla yoshlari o‘rtasida “Mini-futbol” sport musobaqasini o‘tkazish belgilangan.

    Shuningdek, festival doirasida universitetimizning bitiruvchi kurs talabalari uchun “Jonajon universitetimga aytar so‘zim” loyihasi, millatlararo totuvlikning ramzini aks ettiruvchi “Choy festivali” o‘tkaziladi.

    Mazkur tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarni televizor, planshet, telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda...

    Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash va bayramni munosib o‘tkazish maqsadida yakunda taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert o‘tkazilishi belgilangan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.