Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi “Ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Abduvahob Zaripov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan “Ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi.
Abduvahob Zaripov Qo‘shrabot tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimida faoliyat yuritadi.
U ayni kunlarda Samarqand davlat universiteti professori Mahfuza Davronova ilmiy rahbarligida “Ijodkorning ruhiy-psixologik evolyusiyasi” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.