Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida talabalar uchun iqtisodiy-ijtimoiy, ta’lim islohotlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

    Samimiy muloqotni SamDU talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Islom Rustamov kirish so‘z bilan ochdi.

    Yoshlarga ta’lim olish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, ularga berilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.