Samarqand davlat universiteti talabalariga rossiyalik huquqshunos ma’ruza o‘tdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabalariga Nijniy Novgorod davlat universiteti dotsenti, huquqshunoslik fanlari nomzodi Irina Filipova “Sun’iy intellekt va huquq” mavzusida dars o‘tdi. Dars davomida talabalar huquqiy munosabatlar hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishga raqamlashtirishning joriy etilishi, bu orqali yuzaga keladigan qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot oldilar. Dars talabalarni qiziqtirgan mavzular yuzasidan bahs-munozaralar bilan yakun topdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.