Samarqand davlat universiteti va Nijniy Novgorod davlat universiteti hamkorligi davom etmoqda
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Nijniy Novgorod davlat universiteti dotsenti Irina Filipova tashrif buyurdi.
SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov bilan olib borilgan kelishuvga ko‘ra ikki universitet aloqalarini yanada yaxshilash, keng ko‘lamdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikdagi ilmiy aloqalar ko‘lamini kengaytirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

