Ekologiya sohasi bo‘yicha eng yaxshi g‘oya va ishlanmalar tanlovi

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar qalbida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini oshirish maqsadida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Samarqand viloyat ekologik partiya ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan «Ekodizayn» tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov ishlanma va ko‘rgazmali qurollar yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovga ishlar 2022 yilning 11 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar ekologiya sohasi mutaxassislaridan tarkib topgan hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar ijodiy ishlarini Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasiga topshirishlari yoki ma’lumot va materiallarning elektron nusxalarini +998 97 590 73 37, +998 93 334 99 17 telegram raqamlariga yuborishlari so‘raladi.