Samarqand davlat universiteti mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

6-iyun kuni soat 16:00 da viloyat Matbuot uyida Samarqand davlat universiteti mutasaddilari ishtirokida "Xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun ochiq saralash tanlovlarini o‘tkazish borasida tizimda olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Ommaviy axborot vositalari vakillarini mazkur matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 93-354-88-09