Ijarada istiqomat qiluvchi talabalar yotoqxonaga ko‘chirildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i Husniddin Nizomov va matematika fakulteti tyutori Sindor Jumayev ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rgandi.
O‘rganishlar natijasida Samarqand shahri Ali Qushchi (So’g’diyona massivi) ko’chasida istiqomat qiluvchi matematika fakulteti talabalari N.Mustafoyeva hamda S.Sharipovalar yashash hududining uzoqligi va boshqa imkoniyatlar hisobga olingan holda 5-sonli talabalar turar joyiga ko‘chirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.