Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov ayni kunlarda Rossiyaning Qozon milliy texnologiyalar universitetida bo’lib turibdi.

    Tashrif doirasida Hakim Xushvaqtov Qozon milliy tadqiqot texnologiyalar universiteti (Rossiya) o’quv ishlari bo’yicha prorektori Dilbar Sultanova bilan uchrashuv o’tkazdi. Samimiy muloqot davomida ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik aloqalarni yanada kuchaytirish, hamkorlikda turli ilmiy tadqiqotlar tashkil etish, xalqaro anjumanlar o’tkazish masalalari muhokama etildi.

Alisher Eshonqulov,

Samarqand davlat universiteti katta o’qituvchisi,

kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).