"Konstitutsiyaviy islohotlar: Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik" mavzusidagi ochiq muloqot boshlandi.

Tadbirni O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining birinchi o'rinbosari-apparat rahbari Ilhom Botirov kirish so‘z bilan ochdi. Mazkur ochiq muloqotdan maqsad Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo‘yicha fikrlarini tinglash, konstitutsiyaviy islohotlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy jamoatchilik takliflarini olishdir.