Samarqand davlat universiteti: talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabalarining umumiy entomologiya va zoologiya fanlaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Sinovlarda talabalarning bir o‘quv semestri davomida berilgan mustaqil ta’lim topshiriqlarini to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarganligi, fanga oid bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi baholandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.