Samarqand davlat universiteti va Bolonya universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Yozgi maktab” loyihasi ishtirokchilari taqdirlandi

Samarqand davlat universitetida Italiyaning Bolonya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yozgi maktab” loyihasida ishtirok etgan Bolonya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari taqdirlandi.
Ma’lumot uchun agrobiotexnologiya va arxeologiya yo‘nalishlarida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish va tajriba almashishni maqsad qilgan mazkur loyiha doirasida italiyalik professorlar agrobiotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi fanlaridan SamDU talabalariga ma’ruzalar o‘tdi, tadqiqotlarda ishtirok etdi. Arxeologiya sohasi mutaxassislari universitet arxeologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan arxeologik qazish ishlarida qatnashdi. Loyiha yakunida italiyalik mehmonlar universitet tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.