Mobil metodik guruhlar faoliyati tahliliga bag‘ishlandi...

Bugun Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasida mobil metodik guruhlar faoliyati muhokama qilindi.
Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, mobil guruhlar faoliyatida jiddiy eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi. Bular avvalo, maktab taʼlimini sifat va samaradorligini tubdan yaxshilash, bu borada xalqaro tajribani o‘rganish, maktab muallimining masʼuliyatini oshirish, bolalar tarbiyasi yuzasidan ota-onalar javobgarligini yana-da kuchaytirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Taʼkidlandiki, mobil metodik guruhlarga biriktirilgan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ham zimmalaridagi yumushga vijdonan yondashishlari kerak. Hisobotlar, maʼlumotnomalar emas, balki ijobiy natija, yuqori ko‘rsatkichlar zarur...
Mobil guruhlar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda SamDU O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktori, professor Akrom Begmatov, Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov hamda viloyatdagi barcha xalq taʼlimi bo‘limi mudirlari ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati