Samarqand davlat universitetida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “Qarindoshga quda bo‘ldim, qarindoshdan judo bo‘ldim” va “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyeva kirish so‘z bilan ochdi. Shundan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Xosiyat Bobomurodova so‘zga chiqib qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh masalalarining salbiy oqibatlari haqida fikr bildirdi. Samarqand shahar 2-son FHDYO bo‘limi mudirasi Shohida Nurullayeva erta turmush qurishning salbiy oqibatlari hamda viloyat bo‘yicha qayd etilgan ajrimlar sabablari bo‘yicha ma’ruza qildi. Shahar ko‘p tarmoqli poliklinika shifokori Klara Usmonovaning reproduktiv salomatlik va xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzi borasidagi maslahatlari tinglovchilar uchun nihoyatda foydali bo‘ldi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar