Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilariga Italiyaning Bolonya universiteti professori Roberto Boneti “Madaniy antropologiya” fanidan ma’ruza o‘tdi. Professor o‘z ma’ruzasida madaniy antropologiyaning yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tadqiqot obyektlari va istiqbollari haqida tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berdi. Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ma’ruzadan so‘ng professor va talabalar tarix fakulteti arxeologiya muzeyini tomosha qildilar.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati