Samarqand davlat universitetida shu mavzuda tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada sport faoliyati va san’at fakultetining iqtidorli talabalari Bahodir Xamraqulov va Xushnuda Abdunabiyevalarning rangtasvir, grafika, amaliy san’at, miniatyura yo‘nalishlaridagi 100 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi.

    Nafis go‘zallikning betakrok jilolari aks etgan tasviriy va amaliy san’at namunalari tomoshabinlar ko‘ngliga ham hayot va go‘zallikka oshuftalik, ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur ko‘rgazma san’at va iste’dodni qadrlashning hamda yoshlar ijodiga bo‘lgan e’tiborning o‘zgacha ifodasi bo‘lishi, shubhasiz. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati