Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli Ahmadjon Soliyev !
Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman.
Siz Samarqand davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatmoqdasiz. Ilmiy va pedagogik faoliyatingiz davomida ko‘plab shogirdlar tayyorladingiz. Ilmiy tadqiqotlaringiz, monografiya va o‘quv qo‘llanmalaringiz, darsliklaringiz nashr etilgan. Universitetimizning o‘quv-uslubiy, ilmiy salohiyatini oshirishda Sizning xizmatingiz beqiyos. Siz Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari prorektori sifatida ham o‘ta muhim sohani namunali boshqarib kelmoqdasiz. Sizni nafaqat tajribali rahbar, balki yetuk matematik olim ekanligingizni mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi yaxshi biladi va qadrlaydi.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.
Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
professor, Oliy Majlis Senati aʼzosi.