Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti talabasi, Samarqand viloyati Kelajak liderlari klubi a’zosi, 75 o’ringa mo’ljallangan “Umidaxon mitti g’unchalar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Xurshida Rahmonova 1-iyun - Xalqaro bolalar kunida biz bilan o’z fikrlarini o’rtoqlashdi.

    - Fikrimcha, bolalarga dunyoni berish kerak. Ular bizning kelajagimiz, ertamiz. Ularga bildirilayotgan ishonch, qaratilayotgan e’tibor har bir bolaning psixologiyasiga juda kuchli ta’sir qilishi fanda o’z isbotini topgan, - deydi Xurshida Rahmonova. – Men hayotimni bolalarsiz tasavvur qila olmayman. Muassasamizda ham ularni ko’rishim bilanoq ich-ichimdan mehr, quvonch tuyg’ularini his qilaman. Biz bilmaydigan beg’uborlik bor ularda. Har bir bola - alohida dunyo. Uning o’z orzulari, maqsadlari bor. Ularni eshitish bir tomondan sizni zavqlantirsa, ikkinchi tomondan fikrlashga undaydi.

    Ma’lumot uchun, Xurshida Rahmonova “Umidaxon mitti g’unchalar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 12 nafar xodim uchun bo’sh ish o’rinlari yaratgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.