Talabalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, talabalar xavfsizligini ta’minlash hamda ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash masalalariga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova, universitet talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Islom Rustamov, Samarqand shahri Ichki Ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son IIB profilaktika katta inspektori, kapitan Sheroz Suyarov, universitet yuristkonsuli Ilyos Bo’riyev va professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida kun tartibidagi masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslar muhokama etildi. Kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan rejalar belgilab olindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.