Samarqand davlat universiteti: “Ijod qirralarida cheksiz san’at” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ilmiy kutubxonasida “Ijod qirralarida cheksiz san’at” mavzusidagi rasmlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda SamDU sport faoliyati va san’at fakulteti talabalari Shohrux Hamdamov, Dilora O‘rozboyeva, Nurxon Xoliyorova, Izzatoy Cho‘lliyeva hamda Asqarbek Najimovlarning asarlaridan namunalar namoyish etildi.
- Yoshligimdan rasm chizishga juda ham qiziqardim, - deydi Shohrux Hamdamov. – Bog‘cha yoshida ekanligimda tarbiyachimiz hamma uxlaganda men uxlamasligimni ko‘rib, bo‘yash uchun turli xil rasmlar berar edi. Borib-borib o‘zim ham rasmlar chiza boshladim. Asosan, erkin mavzuda ijod qilaman. Ba’zi paytlarda shunday rasmlar bo‘ladiki, tonggacha o‘tirib, o‘ylab, rasm chizib chiqaman. Universitetimizda bizning tahsil olishimiz bilan birga, mana shunday rasmlar ko‘rgazmasi qilishimiz uchun ham imkoniyatlar yaratilgan. Bular uchun universitetimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Tadbir ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda o‘tdi. Talabalar tomonidan chizilgan rasmlar nafaqat ishtirokchilarga zavq bag‘ishladi, balki ayrim suratlar ularni o‘ylashga, fikrlashga undadi.
.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.