Samarqand davlat universiteti va Rossiya oliy ta’lim muassasalari hamkorligi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Rossiya Federatsiyaning Sankt-Peterburg politexnika universiteti Sanoat menejmenti, iqtisodiyot va savdo instituti direktori Vladimir Shepenin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov va inson resurslarini boshqarish fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda universitetlar o‘rtasida iqtisodiyot va biznes ta’limini yanada rivojlantirish, birgalikda ilmiy-tadqiqotlar tashkil etish kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun dastlabki rejalar belgilab olindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.